Bunga sabab, mazkur hududda joylashgan “BURSA TOHUMCULUK ZIRAAT VE TIC.A.S.” korxonasidan Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan 85 kilogramm pomidor urugʻligida “Pomidor jigarrang bujmayish virusi” (Tomato brown rugouse fruit virus) aniqlandi.

Holat yuzasidan 2021-yil 11-fevralda Oʻzbekiston Respublikasiga karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda belgilangan fitosanitariya talablari buzilganligi toʻgʻrisidagi notifikatsiya (xabarnoma) Turkiya davlatining oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotiga yuborildi.
Bugungi kunga qadar Turkiyaning vakolatli organidan “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasiga javob xati kelib tushmagan, deb xabar beradi “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi matbuot xizmati.