Туркиядан Ўзбекистонга олти нафар қидирувдаги жиноятчи олиб келинди

    Interpolning Toshkent va Anqara Milliy markaziy byurolari hamkorligi samarasida xalqaro qidiruvda boʻlgan olti nafar jinoyatchi Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

    Axborot almashinuvi va qoʻshma tezkor tadbirlar asosida amalga oshirilgan jarayonda Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi ham faol ishtirok etdi. Jinoyatchilar odam savdosi, oʻta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa ogʻir jinoyatlarda ayblanmoqda.

    Olti nafar shaxs Anqaradan maxsus kuzatuv ostida olib kelinib, keyingi tergov harakatlari uchun Toshkent Interpol Milliy Markaziy Byurosi hamda Oʻzbekiston ichki ishlar organlariga topshirildi.