Xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs Misrdan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan oʻgʻirlik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi T.X.M. Misrda ekanligi maʼlum boʻldi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan. Joriy yil yanvar oyida Interpolning Qohira shahridagi ofisi va Misr huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olingan.






