Shaharlar oʻrtasida parvozlar 2023-yilning 12-noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing-737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
“Sunexpress” aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan boʻlib, Turkiya va Yevropa boʻylab muntazam va charter asosida yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi.