Mazkur issiq havo toʻlqini uzoq muddat deyarli harakatsiz, past bosimli oʻta issiq havo oqimi taʼsirida shakllanadi. “Termik depressiya” deya nom olgan bu havo oqimi kelayotgan hafta Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havosiga ham taʼsir koʻrsatadi.
Yangi haftaning juma kunlaridan boshlab, Markaziy Osiyoning gʻarbiga Kavkaz, Volgaboʻyi hamda Kaspiy dengizi ustidan shimoli-gʻarbiy sovuq havo oqimining “bostirib” kelishi Turkmaniston shimoli gʻarbi, xususan, Oʻzbekistonning shimoliga ham yangi haftaning dam olish kunlari umudbaxsh salqin ob-havoni taqdim etishi kutiladi, deb yozadi mutaxassis meteorolog E.Abdulahatov.