Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga koʻra, tegishli farmonni prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 8-iyul kuni imzolagan.
Aprel oyida Rossiyaning “Medsintez” korxonasi Xitoyda koronavirusni davolash boʻyicha klinik sinovlardan oʻtayotgan “Triazavirin”ning katta partiyasini Turkmanistonga yuborgani haqida xabar berilgandi.
Turkmanistonda COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun yangi choralar koʻrilmoqda, ammo rasmiylar koronavirus borligini inkor etishda davom etmoqda. Mustaqil ommaviy axborot vositalari pnevmoniyadan oʻlimni qayd etishmoqda.