Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi N.Haqqulov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Coʻzga chiqqanlar Mahmudxoʻja Behbudiy xayoti va ijodi haqida gapirib oʻtdi.

Mahmudxoʻja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi edi. U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan.

Zamondoshlaridan biri bu zotni “Turon – Turkiston quyoshi” deb taʼriflangan edi. Bu quyosh bugunning zulmatini ham yoritib turibdi. Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy xarakatchanligining eng yirik namoyandasi, yangi davr oʻzbek madaniyatining asoschisi, Turkiston jadidlarining tan olgan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat gʻoyasining yalovbardori, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek drumaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab bir davrida yashadi va qoldirgan merosi bugungi avlod uchun bebahodir.

Tadbirda Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi haqida videorolik namoyish etildi va ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kichik serjant Xayrullo OʻLMASOV