"Turonbank" tomonidan 476,6 milliard soʻm miqdorida kreditlar ajratilgan

    Aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojidan kelib qulay shartlardagi ipoteka kreditlarini ham taqdim etadi

    Oʻzbekiston moliya bozorida 34-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda Respublika boʻyicha oʻzining 20 ta bank xizmatlari markazi va 60 dan ziyod ofislari orqali yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

    Milliy matbuot markazida oʻtgan anjumanida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi aʼzolari bu haqda batafsil maʼlumot berdi.

    — Yil boshidan yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilingan depozitlar miqdori 5 trillion 097 milliard soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda 9,4 foiz koʻp demakdir, — deydi “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Zohidjon Obidov.

    Matbuot anjumani davomida Turonbank tomonidan jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan xizmatlarga alohida urgʻu berildi. Jumladan, 2024-yil boshidan “Turonbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga umumiy hisobda 476,6 milliard soʻm miqdoridagi kreditlar ajratilgan. Bundan tashqari, 1-noyabr holatiga “Turonbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslar omonat qoldigʻi 1 trillion 577 milliard soʻm boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oʻsdi. Buning natijasida mijozlarga qulay va manfaatli boʻlgan milliy valyutada “Premium”, “Kelajak Poydevori”, “Ustuvor”, “Imkoniyat plyus”, “Maksimum onlayn” hamda xorijiy valyutada “Optimum” omonatlari taqdim etildi.

    Shu bilan birga Turonbank aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojidan kelib qulay shartlardagi ipoteka kreditlarini ham taqdim etadi.

    — Birlamchi va ikkilamchi bozordan xonadon xarid qilish istagida boʻlgan mijozlar uchun 10-yildan 20-yilgacha boʻlgan muddatga, yillik 17.5 foizdan boshlab, hech qanday rasmiy daromadsiz, 420 million soʻmgacha ipoteka krediti ajratilmoqda, — deydi “Turonbank” ATB Chakana biznes departamenti direktor oʻrinbosari Saidamir Mubarov, — Albatta, shartlar siz tanlagan uy va uning boshlangʻich toʻloviga qarab oʻzgarishi mumkin. Jumladan hozirgi kunda eng ommabop ipoteka kreditlaridan birini boshlangʻich 15% toʻlab, yillik 17,5 foizdan 20-yil muddatga rasmiylashtirishingiz mumkin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda: 330 000 000 soʻmgacha, Toshkent shahrida: 420 000 000 soʻmgacha ajratiladi.


    Reklama