Sinovlarda 50 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan 213 kishi ishtirok etdi, ular bir necha guruhlarga bo'lingan. Birinchi guruh yuqori natriyli taomlarni (kuniga 2200 milligramm), ikkinchisi esa past natriyli mahsulotlarni (kuniga 500 milligramm) iste'mol qildi. Bir hafta o'tgach, ikkala guruh ham parhezga o'zgartirish kiritishdi.
Tuzni iste'mol qilish kamaytirilganda, sistolik qon bosimi yuqori natriyli parhezga nisbatan 7-8 millimetr simobga va oddiy parhezga nisbatan esa olti millimetr simobga kamaydi. Buni tez-tez qo'llaniladigan yuqori qon bosimiga mo'ljallangan dorilarning ta'siri bilan solishtirish mumkin. Mazkur parhez ishtirokchilarning 72 foizida ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Yuqori qon bosimi butun dunyo bo'ylab turli kasalliklarning asosiy sabablaridandir. Gipertoniya yurak yetishmovchiligi, yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin, chunki u tomirlarga qo'shimcha bosim o'tkazadi, deb xabar beradi lenta.ru.