Qayd etilishicha, erkin kurash ustalari oʻrtasida kechgan soʻnggi kun bahslarida atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Kumush medal:
- -65 kg: Umidjon Jalolov
- -74 kg: Zafarbek Otaxonov
Bronza medal:
- -92 kg: Sadriddin Daminjonov
Shu tariqa, mazkur yosh toifasidagi sportchilarimiz qitʼa birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi.
Ertadan U17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishishadi.