Qayd etilishicha, erkin kurash ustalari oʻrtasida kechgan soʻnggi kun bahslarida atletlarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Kumush medal:

  • -65 kg: Umidjon Jalolov
  • -74 kg: Zafarbek Otaxonov

Bronza medal:

  • -92 kg: Sadriddin Daminjonov

Shu tariqa, mazkur yosh toifasidagi sportchilarimiz qitʼa birinchiligini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza, jami 16 ta medal bilan yakunlashdi.

Ertadan U17 yosh toifasidagi polvonlarimiz bahslarga kirishishadi.