Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Qizlarimizdan Halimajon Qurbonova (-48 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg), shuningdek, yigitlarimizdan Jahongir Mamatrahimov (-90 kg) turnirda bronza medaliga sazovor boʻldi.
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
Musobaqada ishtirok etgan terma jamoamizning boshqa vakillaridan Muhammadqodir Mansurov (-100 kg) va Islombek Ravshanqulov (+100 kg) 5-oʻrinni band etgan boʻlsa, Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) 7-oʻrin bilan kifoyalandi.