Energetika vazirligining xabar berishicha, shu yilning 11-noyabr kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 14-mavze, 11-uy yonidan oʻtgan past bosimli gaz quvurining ustunini avtomashina urib yuborishi tufayli hududdagi 72 ta xonadonda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Hozirda gaz taʼminoti xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlar olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlari yakunlanganidan keyin gaz taʼminoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.