Endi UYEFA Rossiyaning yirik “Gazprom” kompaniyasi bilan Chempionlar ligasi, milliy jamoalar ishtirokidagi saralash bosqich bahslari va Yevro-2024 oʻyinlari doirasida hamkorlik qilmaydi.

Avvalroq, FIFA va UYEFA Rossiyaning mamlakat milliy jamoalari hamda klublarini barcha xalqaro futbol turnirlaridan chetlatganini eʼlon qilgandi.

Tribuna.uz xabarida aytilishicha, UYEFA va Rossiyaning yirik energetika kompaniyasi oʻrtasidagi shartnoma 2021-yilning may oyida uzaytirilib, unga koʻra Yevropa futbol ittifoqi “Gazprom” bilan hamkorlikdan yiliga 40 million yevrogacha daromad topishi aytilgandi.

Shuningdek, Germaniyaning “Shalke” klubi ham oʻziga 2007 yidan buyon homiylik qilib kelayotgan “Gazprom” bilan shartnomani bekor qildi.