“22-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 00:15 da Kitaleba qishlog'i yaqinida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida 63 kishi halok bo'ldi, bir necha kishi jarohat oldi”, deyiladi politsiya saytida e'lon qilingan bayonotda.
Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko'ra, yo'l-transport hodisasi avtobuslardan birining haydovchisi yuk mashinasini quvib o'tmoqchi bo'lganida sodir bo'lgan. Aynan o'sha vaqtda qarama-qarshi tomondagi avtobus ham xuddi shunday manevr qilgan. Ikki avtobusning quvib o'tish manevrlari oqibatida ular yuzma-yuz to'qnashib ketgan. Haydovchilardan biri avtohalokatning oldini olishga uringan, biroq uning harakatlari “zanjirli reaksiyaga sabab bo'lgan, oqibatda boshqa avtomobillar boshqaruvni yo'qotib, bir necha marta ag'darilib ketgan”.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazdi, deb xabar berdi tass.ru.








