“Honeywell«ning Experion Orion boshqaruv paneli MDX davlatlari hududi va Oʻzbekistonning sanoat korxonasida ilk bor oʻrnatildi.
UGTL korxonasi oʻquv dasturi doirasida 150 ga yaqin muhandis Toshkent shahridagi Honeywell ixtisoslashtirilgan markazida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimi boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda.
“Honeywell” markazida UGTL zavodida oʻrnatilgan boshqarish panellari kabi panellar oʻrnatilgan boʻlib, ularning yordamida texnologik jarayonni, jumladan, favqulodda vaziyatlarni toʻliq simulyatsiya qilish, muhandislarni turli ssenariylar va korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish va boshqarish bosqichlari uchun tayyorlash imkoniyatiga ega.
Zavodning oʻzida ham boshqarish paneli muhandislarini tayyorlash uchun koʻp funksiyali tizimi – OTS (Operator Training Simulator) mavjud. Ushbu tizim orqali muhandislar zavodni ishga tushirish va uni ishlatish boʻyicha, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega.
Bugungi kunga qadar jami korxonaning 100 ga yaqin muhandislari Honeywell tizimida mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Zavod mutaxassislarini tayyorlash va ishga tushirish ishlari uchun bilim va malakalarini oshirish ishlari davom etmoqda.
“Uzbekistan GTL” MCHJ axborot xizmati