Shu maqsadda joriy yil 27-29-sentyabr kunlari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Oʻzneftgazburgʻilash ishlari” MCHJ va “Oʻzneftgaz quduq taʼmirlash” AJ korxonalarida Ukrainaning “Vneshenergokomplekt” korxonasi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida ukrainalik mutaxassislar import qilingan mexanik qismlar va uskunalarning teskari muhandislik va analoglari ishlab chiqarish sohasida hamkorlikka katta qiziqish bildirdi.

Shuningdek, korxonalarda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar va ularni taʼmirlash ehtiyoji, uskunalarga taʼsir etuvchi va uni nosoz holga keltiruvchi omillar haqida batafsil maʼlumotlar olindi.

Uchrashuv yakunida “Oʻzbekneftgaz” AJ va “VENKOM” MCHJ oʻrtasida 2022-yilda rejalashtirilayotgan kapital taʼmirlash ishlari davomida, ukrainalik mutaxassislar tomonidan uskunalarda teskari muhandislik amaliyotini qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganishga kelishib olindi.

Buning uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ tarmoq korxonalari tomonidan teskari muhandislik uchun uskunalar tafsiloti roʻyxati tuzilib, maʼlumotlar Ukrainaga yuboriladi.

“VENKOM” MCHJ tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqlar, xususiyatlar va eskizlarga koʻra, mahalliy korxonalarning imkoniyatlari oʻrganilib chiqilib, Oʻzbekiston hududida import qilinadigan uskunalar va ehtiyot qismlar hamda ularni analoglarining teskari muhandislik amaliyoti va ishlab chiqarishi tashkil etiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: Ukrainaning “Vneshenergokomplekt” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2016-yilda tashkil etilgan boʻlib, xizmat koʻrsatish sohasida injiniring, nasos va kompressor uskunalarini qayta loyihalash, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonadir.