Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Buxoro tumanida yashovchi 24 yoshli (ayol) Yo.D. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, Yo.D., jabrlanuvchi Sh.D, bilan “Telegram” messenjeri orqali tanishib, o‘zini “Abu-Saxiy optom” nomli guruh admini sifatida tanishtirgan va u xarid qilgan buyumlarni yetkazib berishni hamda uni kelgusida mazkur guruhga qo‘shib qo‘yishni va’da qilib, oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida 1.095.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazdirib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yo.D.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.