Axmadjonov Muxammadislomiddin mehnat faoliyatini 2001-yili Toshkent shahar hokimligi Adliya boshqarmasi katta nazoratchisi vazifasidan boshlagan.
2006-2009-yillarda Andijon viloyati Izboskan tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ishlagan.
2019-2020-yillarda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovich, Andijon viloyati Ulugʻnor tumani prokurori boʻlgan.
Andijon viloyati hokimligi Axmadjonov Muxammadislomiddin Muxammadsobirovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.