“Sanepidqoʻmita“ ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat boʻlishi zarurligini rasman bekor qilmaganligini maʼlum qildi.
Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi.
Eslatib oʻtmiz, Saudiya Arabistoni Qirolligi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2024-yilning dekabr oyida 2025-yildan boshlab Umra va Haj amallarini bajarish uchun keladigan barcha ziyoratchilarning meningit infeksiyasiga qarshi emalanganlik toʻgʻrisidagi hujjati boʻlishi shartligini talab qiluvchi meʼyoriy hujjat chiqargan edi.