Yigʻilishda Assotsiatsiya Raisi, Rais oʻrinbosari va aʼzo tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, joriy yilgi Umra ziyoratini namunali tashkil etishdagi yangiliklar va navbatdagi mavsumga puxta hozirlik koʻrish, Assotsiatsiya faoliyatini yanada takomillashtirish hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Maʼlumki, keyingi yillarda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, umra ibodatiga borishda kvotalarning olib tashlangani barcha yurtdoshlarimizni xushnud qildi. Albatta, bunda ushbu muqaddas ziyoratlarni namunali va belgilangan tartibda tashkil etuvchi davlat roʻyxatidan oʻtgan firma va tashkilotlarning ham hissasi alohida oʻringa ega.

Shunga koʻra, Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi yigʻilishida koʻtarilgan dolzarb masalalar yuzasidan keng muhokamalar amalga oshirilib, xalqimizga namunali xizmat koʻrsatish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasiga yangi aʼzolar qabul qilinib, davlat namunasidagi aʼzolik sertefikatlari tantanali topshirildi.

Eslatib oʻtamiz: Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (uyushmasi) 2022-yil 7-oktyabrida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, bugungi kunga qadar samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻtgan qisqa davr mobaynida Assotsiatsiya atrofida muqaddas islom dinining asosiy arkonlaridan birini namunali tashkil etishga ixtisoslashgan 25 dan ziyod respublikamiz hamda xorijdagi sayyohlik firma va tashkilotlari birlashib, yurtimiz aholisi va xorijliklarga zamon talablari asosida xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Assotsiatsiya Axborot xizmati