3-noyabr kuni UNICEF, Tech4Impact va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan UniSat dasturining natijalarini sarhisob qildi.
Jahon Iqtisodiy Forumining 2025 yilgi “Ish oʻrinlari kelajagi hisoboti”ga koʻra, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish global mehnat bozorini shakllantiruvchi eng muhim omillardan biridir. Sunʼiy intellekt, katta hajmdagi maʼlumotlar va umuman, texnologiya savodxonligi kabi texnologik koʻnikmalarga, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari va ekolog-muhandislariga talab ortib bormoqda.
UniSat dasturi 2021yilda boshlanganidan beri mamlakat boʻylab 1000 dan ortiq qizlar fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalarida bilim oldilar.
Dasturning 2025 yildagi ishtirokchilarining yarmidan koʻpi (58,3%) 15-17 yoshdagi qizlardir.
Oʻzbekistonda, dunyoning boshqa mamlakatlarida boʻlgani kabi, turli sabablarga koʻra oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida kompyuter savodxonligi, texnik taʼlim va karyera sohasida sezilarli tafovut saqlanib qolmoqda.
UNICEF tadqiqotiga koʻra, Oʻzbekistondagi ayollar va qizlar hanuz ayollar uchun anʼanaviy hisoblangan sogʻliqni saqlash, taʼlim va xizmat koʻrsatish sohalarida bilim oladi va mehnat qiladi. UniSat qizlarning zamonaviy texnologik dunyoda oʻzini oʻzi anglash imkoniyatlarini kengaytirish orqali bu tafovutni kamaytirishga yordam beradi va shu orqali Oʻzbekiston tashabbuslarini amalga oshirishga hissa qoʻshadi.
Tantanali marosimda UniSatning birinchi mavsum bitiruvchilari muvaffaqiyatlari toʻgʻrisida hikoya qilindi, xususiy sektor vakillari Oʻzbekistondagi qizlar uchun STEM sohasidagi karyerani rivojlantirish salohiyati haqida taqdimot qildilar. Tadbir barcha UniSat 3.0 ishtirokchilari va finalchilariga sertifikatlar topshirish bilan yakunlandi.









