Unitib qoldirilgan bank kartasidan 11 million oʻgʻirlandi

    Xavfsizlik 7 Iyun 2023 1038

    Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 27 yoshli A.M. bank kartasini yoʻqotib qoʻyadi.

    Xabarnomadan biladiki, kartasidagi 11.242.000 soʻm pulni kimdir yechib oladi. Shundan soʻng jabrlanuvchi tegishli idoraga bu boʻyicha murojaat qiladi.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 29 yoshli S.M., sodir etgani aniqlandi.

    Unga koʻra, A.M. dorixonadan dori sotib olayotgan vaqtda bank kartasi pin-kod raqamini aytganida uni yonida turgan S.M. eslab qolgan, A.M. plastik kartasini dorixonada unutib qoldirilganida undagi pullarni oʻzlashtirgani maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

    Qonunga muvofiq, S.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.