Xabarnomadan biladiki, kartasidagi 11.242.000 soʻm pulni kimdir yechib oladi. Shundan soʻng jabrlanuvchi tegishli idoraga bu boʻyicha murojaat qiladi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 29 yoshli S.M., sodir etgani aniqlandi.

Unga koʻra, A.M. dorixonadan dori sotib olayotgan vaqtda bank kartasi pin-kod raqamini aytganida uni yonida turgan S.M. eslab qolgan, A.M. plastik kartasini dorixonada unutib qoldirilganida undagi pullarni oʻzlashtirgani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan OʻzR. JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.  

Qonunga muvofiq, S.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.