Toshkent davlat transport institutida bo'lib o'tgan tadbir  ayni shu maqsadga qaratildi. Universitet Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 5 ta, Toshkent viloyati Piskent tumanidagi  3 ta maktabni otaliqqa oldi. Oliy ta'lim muassasasida ana shu maktab direktorlari bilan muloqot bo'lib o'tdi.

 —Davlatiimz rahbari YAngi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi, degan g'oyani  bejizga kun tartibisha qo'ymadi. Bu hamkorligimiz maktablar bilan yaqin aloqa o'rnatish, ularga har tomonlama ko'mak berish, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan. SHu bois bugun 8 ta maktab bilan ana shunday maqsadlarga qaratilgan hamkorlik meomarandumi imzoladik. — dedi universitet rektori Odil Abdurahmonov. – endi maktab ishi faqat Xalq ta'limi vazirligi yoki o'qituvchilarning emas, balki umummilliy ishimizga aylandi.

Dilshod Rahmtov,Toshkent davlat transport universiteti matbuot kotibi