Masalan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qoʻshimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi.
Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat obyektlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni oʻrnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli ish oʻrni yaratadigan loyihalarni joylashtirish dasturini tasdiqlash topshirildi.