баннер
23 Mar 2025
19:51

    “Uralskiye Avialinii“ aviakompaniyasi Oʻzbekistonga yangi yoʻnalishlarda muntazam parvozlarni amalga oshiradi

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu aviakompaniya Oʻzbekistonga yangi 3 ta yoʻnalish boʻyicha muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.

    Transport vazirligining xabar berishicha, “Oʻzaviatsiya“ agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining “Uralskiye Avialinii“ aviakompaniyasiga quyidagi yangi yoʻnalishlar boʻyicha muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma berildi.

    Sochi – Samarqand – Sochi;
    Sochi – Namangan – Sochi;
    Krasnoyarsk – Samarqand – Krasnoyarsk.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech