Uran sayyorasida infraqizil qutb yog'dusi hodisasi yuz berishi ma'lum bo'ldi

    Buyuk britaniyalik astrofiziklar Uranning shimoliy hududlarida infraqizil qutb yog'dusi mavjudligini isbotlashdi. Buning uchun ular deyarli 20 yil oldingi tadqiqot ma'lumotlarini tahlil qilishdi.

    Qutb yog'dusi hodisasi magnit maydon chiziqlari bo'ylab sayyora atmosferasi bilan to'qnashadigan yuqori energiyali zaryadlangan zarralar bilan bog'liq. Bu hodisa Yerda tez-tez uchraydi.

    Yangi tadqiqot mualliflari Keck II teleskopidagi NIRSPEC asbobidan olingan ma'lumotlarni o'rganib chiqdi va Uranning yaqin infraqizil spektrlarini tahlil qildi. Ma'lum bir zarrachaga – ionlangan uch atomli vodorodga (N3+) alohida e'tibor qaratildi. Infraqizil spektrda bu zarracha chiqaradigan chiziqlar zarrachaning harorati va atmosfera qatlamining zichligiga qarab yorqinligi o'zgaradi.

    Keck II tomonidan olib borilgan kuzatishlar natijasida Uran atmosferasida haroratning biroz o'zgarishi bilan H3+ zichligining oshishini aniqlandi. Bu infraqizil qutb yog'dusi bilan bog'liq ionlanishdan dalolat beradi, deb xabar beradi mir24.tv.