Respublikamiz bo'ylab joriy yilning 25-oktabridan start berilgan Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko'chat ekish mavsumi o'tkazilmoqda.
Xususan, Urganch davlat pedagogika instituti hududiga 800 tup manzarali va mevali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan bo'lib, hozirda jarayonlar qizg'in ruhda davom etmoqda.
Bugun ham institutining akademik litseyi hududida oliygoh rektori Feruza Madraximova rahbarligida professor-o'qituvchilar va talaba yoshlar hamda viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi bilan birgalikda 400 ga yaqin mevali daraxtlari ekildi.
Daraxtlar ekilganidan so'ng, ishtirokchilar uchun milliy taomimiz hisoblangan palovlar ham tarqatildi.
Ma'lumot uchun, «YAshil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish jarayonlari 1 dekabrgacha davom etadi.