Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard soʻm subsidiya beriladi

    Hukumat 1 Mart 2024 317

    Xizmatlarda oʻsish boʻlishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

    Shu bois, Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard soʻm subsidiya beriladi.

    Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

    “Urganch-Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

    Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.