Maʼlum boʻlishicha, Fargʻona viloyati Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan fuqaro Urgut tumanidagi “Doʻstlik” mahallasida joylashgan xonadonlardan birini ijaraga olib, “hujra” tashkil etgan.

Ushbu shaxs maxsus diniy maʼlumot va tegishli ruxsatnomaga ega boʻlmagan holda, moddiy manfaat evaziga 2011–2016-yillarda tugʻilgan 7 nafar voyaga yetmagan oʻgʻil bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelgani aniqlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi (diniy taʼlim berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ota-onalarni farzandlarini diniy taʼlim berishga vakolati boʻlmagan shaxslarga topshirmaslikka chaqirmoqda.