O'zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Urush! Noming o'chsin jahonda" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va ko'rgazmasi tashkil etildi.
Maktab-internatida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nafaqadagi ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi G'.Kamolov, nemis tili fani o'qituvchisi va tarbiyachi R.Soliev hamda haykaltarosh-rassom A.Jamoldinov ishtirokida "Xotira aziz, qadr muqaddas" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.