Mazkur trening USAIDning Oʻzbekistondagi “COVID-19ga qarshi kurashda Sogʻliqni saqlash tizimining barqarorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Vebinar davomida tibbiyot xodimlari Zoll sunʼiy nafas oldirish uskunasidan qanday foydalanish va COVID-19 bilan kasallangan ogʻir bemorlar uchun kislorod terapiyasi tamoyillarini oʻrgandilar. Shuningdek, Zoll apparatida ishlaydigan intensiv terapiya boʻyicha xalqaro ekspertlar va milliy maslahatchilar respirator yordamni taʼminlash, hamda COVID-19 bilan kasallangan ogʻir bemorlar uchun oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya usuli va rejimi boʻyicha oʻzlarining tajribalari va ilgʻor amaliyot bilan boʻlishdilar.
2020-yil kuzida AQSH hukumatining Oʻzbekistonni COVID-19ga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlash hamkorlik doirasida USAID Sogʻliqni saqlash vazirligiga 200 ta sunʼiy nafas oldirish uskunasi va unda qoʻllaniladigan vositalarni bepul topshirdi. USAID shuningdek mazkur apparatdan foydalanishning birinchi yili davomida kafolatli joriy xizmat koʻrsatishni taʼminlash uchun tibbiyot xodimlarini oʻqitishga yordam bermoqda. Bundan koʻzda tutilgan maqsad – bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun ushbu uskunadan foydalanishdagi xavfsizlikni taʼminlashdir, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.