USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

    Xalqaro hamkorlik 12 Oktabr 2021 885

    Joriy yil 11-oktyabrda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) loyihasi rahbari, sudya — Sonya Prostran va USAIDning Oʻzbekistondagi loyihasini boshqarish boʻyicha mutaxassis Mamed Askerov bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” dasturining maqsad va vazifalari hamda uni Oʻzbekistonda amalga oshirish boʻyicha Ombudsman instituti bilan hamkorlikda ishlash masalalari muhokama etildi.

    Qayd etish lozimki, USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) loyihasining maqsadi — oddiy insonlarni sudga oson va qulay, byurokratik toʻsiqlarsiz murojaat qilishlariga koʻmaklashish va ularni sud jarayonining choʻzilishi bilan bogʻliq shikoyatlarini oʻrganish, sudyalar malakasini oshirish hamda sudlarga jamoatchilik ishonchini oshirishdan iborat.

    Oʻzaro muloqot davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, xorijiy davlatlar bilan oʻzaro tajriba almashish, sud-huquq tizimiga oid seminar-treninglar tashkil etish boʻyicha loyihalar muhokama etildi.

    Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.