Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutiladi. Havo harorati biroz pasayadi, kunduz kuni 26-28 darajani tashkil etadi.

20-oktyabrda markaziy va sharqiy viloyatlar boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududi boʻyicha yana quruq havo kuzatiladi, faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

20-22-sentyabr kunlari havo haroratining pasayishi davom etadi va kunduz kunlari 23-25 darajadan yuqori boʻlmaydi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo ancha salqinlashadi, harorat 11-16 daraja atrofida boʻladi.

Poytaxtimizda:

18-19-sentyabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19-sentyabr kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat 26-29 daraja atrofida boʻladi.

20-sentyabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 21-22-sentyabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15 darajagacha, kunduzi 23-25 darajagacha pasayadi.  

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 19-sentyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.