Asrlar davomida dunyoga hukmronlik qilgan Usmonlilar imperiyasining asoschisi Usmon Gʻozi va uning oʻgʻli Oʻrxan Gʻozi maqbaralari joylashgan Tophane bogʻi, Murod II dafn etilgan Xudavendigar maqbarasi, Yildirim Boyazid qabri joylashgan Yildirim maqbarasi, Mahmud Chalabiyning Yashil maqbarasi va Sulton Murod II va oʻz davrning koʻplab mashhur insonlarining maqbaralari joylashgan Muradiye majmuasi yilning har davrida mahalliy va xorijlik ziyoratchilarning eʼtiborini tortib kelmoqda.

Foto: Turkiya turizm agentligi

Bundan tashqari, viloyat hokimligiga tegishli Bursa fondi muzeyi, Bursa madaniyati muzeyi, Merinos toʻqimachilik sanoati muzeyi, Arkeopark ochiq havo muzeyi, Zindankapi, Muradiye qoʻlyozmalar muzeyi, Merinos energiya muzeyi, Hunkar saroyi muzeyi, Bursa Immigratsiya tarixi muzeyi, Karagoʻz muzeyi, Bursa Shahar muzeyi va Bursa Mavlevilar uyi hamda muzey ichki va tashqi turizmda koʻplab tashrif buyuruvchilarni jalb qilmoqda.

Foto: Turkiya turizm agentligi

Bursa viloyati hokimligi Madaniyat va sanʼat boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, sulton majmualari, qabrlar va muzeylarga 2023 yilda 2 million 587 ming 857 kishi tashrif buyurgan boʻlib, ularning 472 ming 134 nafari xorijliklardir. 2014 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taʼlim, Fan va Madaniyat Tashkiloti (YuNESCO) tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Cumalikizik, Tarihiy Charshi va Hanlar hamda ijtimoiy majmualar va sulton qabrlarini 2 million 3 ming 362 kishi ziyorat qilgan. Ijtimoiy majmua va maqbaralar orasida eng koʻp sayyohni jalb qilgan Usmon Gʻozi va Oʻrxan Gozi maqbaralariga 1 million 221 ming 150 kishi tashrif buyurdi.

Oʻtgan yili 584 ming 495 kishini qabul qilgan muzeylar orasida eng koʻp tashrif buyurilgan tarixiy joy 113 ming 726 kishi bilan Bursa shahar muzeyi boʻldi.

Foto: Turkiya turizm agentligi

Bursa viloyati hokimiyati Muzeylar boʻlimi mudiri, sanʼat tarixchisi Gonjagul Merich, AA muxbiriga bergan intervyusida Muzeylar boʻlimi mudirligi 6 ta sulton maqbarasi va 12 ta muzeyga masʼul ekanligini aytdi.
Ayniqsa, Istanbul, Eskishehir va uning atrofidagi boshqa metropoliya shaharlariga yaqinligi tufayli Bursa dam olish kunlari mahalliy sayyohlar bilan gavjum boʻlishini taʼkidlagan.

Foto: Turkiya turizm agentligi
Foto: Turkiya turizm agentligi

“2023 yilda muzey va maqbaralarimizni 2,5 million kishi ziyorat qildi. Bular mahalliy va xorijiy sayyohlarning eng koʻp eʼtiborini tortgan joylar. Ayniqsa, 2023 yilda ochilgan Bursa Mavlevilar uyi va muzeyi bizning eng katta loyihamiz edi. Biz buni amalga oshirganimizdan faxrlanamiz va xursandmiz. Bursa shahar muzeyi, Zindankapi zamonaviy sanʼat galereyasi va keyinchalik boshqa tematik muzeylarimiz eng koʻp sayyoh tashrif buyuradigan joyga aylandi. Bular, ayniqsa, maktab guruhlari, chet ellik guruhlar va mahalliy sayyohlar uchun katta qiziqish uygʻotadi. Soʻnggi paytlarda chet ellik sayyohlarning eng koʻp tashrif buyuradigani Karagoʻz muzeyimizdir”, — deydi u.

Foto: Turkiya turizm agentligi

Bursa Mavlevilar uyi va muzeyi oʻtgan yilning oktyabr oyida ochilganini eslatgan Merich, bu binoni 3 oyda taxminan 11 ming kishi ziyorat qilganini aytdi.

Foto: Turkiya turizm agentligi
Foto: Turkiya turizm agentligi
Foto: Turkiya turizm agentligi

“Bursaga, turizmiga va madaniyatiga hissa qoʻshadigan ishlarni qilish niyatidamiz. Buni aslida 12 muzeyimiz bilan qilyapmiz. Boshqacha aytganda, madaniy turizmga hissa qoʻshmoqdamiz. Eʼtiqod turizmiga qoʻshgan hissamiz maqbaralardir. 6 ta sulton maqbarasi har doim koʻpchilikning eʼtiborini tortadigan va tashrif buyuradigan hududlarimizdir. Ayniqsa, Usmon Gʻozi va Oʻrxan Gʻozi maqbaralari eng koʻp ziyoratchilarni qabul qiladigan maqbaralardir. Ularning oldida soqchilik tashkil etilgan. Bu madaniyatimizdagi eng muhim qadriyatlardan biri”,— dedi Gonjagul Merich.

Foto: Turkiya turizm agentligi