Qarorga koʻra, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:

  • yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida usta dehqonlarga har 10 ta xonadonni ixtisoslashtirganligi uchun 2 mln soʻm hamda mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslashtirganligi uchun 75 mln soʻm miqdorida subsidiya;

tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski bogʻlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish uchun quyidagi subsidiyalar:

  • sertifikatga ega mevali daraxt koʻchati narxining 50 foizi, biroq har bir koʻchat uchun meva turiga qarab 30 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • mevalarning turiga qarab har bir oʻrnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • har bir sotixga yomgʻir suvini yigʻish va (yoki) tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish uchun 160 ming soʻmgacha miqdorda;
  • suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini sugʻorish uchun tik quduqlarni burgʻilash va quvvati 10 kVt soatdan kam boʻlmagan quyosh panelini oʻrnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln soʻmdan oshmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.