Shu o‘rinda, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Vakolatli tashkilotlar tomonidan ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikatlarni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan:
Sertifikatlarni berishda onlayn nazorat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, ya’ni bir shaxs o‘rniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;
Ba’zi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
Sertifikatlarning haqqoniyligini tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
Ayrim sertifikatlarni berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi.
Shunday bo‘lsa-da, ro‘yxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustga qadar olgan sertifikatlari uchun sertifikat yakuniga yetish muddatiga qadar ustama to‘lovlari to‘lab borilishi belgilandi.
Shu bilan birga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga qabul qilayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolinayotganligini eslatib o‘tmoqchimiz, deyiladi Maktabgacha va maktab ta’limi bergan bayonotda.