Mazkur gaz quvuri qurilishi natijasida mavjud quvurlardagi gidravlik qarshiliklar bartaraf etilib, kunlik gaz oʻtkazish quvvati 7,5 mln kub metrdan 8,6 mln kub metrgacha yaʼni kunlik qoʻshimcha 1,1 mln kub metr gazni oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu quvurni ishga tushirish bilan boshqarmaga qarashli “Sharqiy Berdaq”, “Shimoliy Berdaq”, “Quyi Sharqiy Berdaq” va “Shagʻirlik” konlarida burgʻilashdan yangi ishga tushiriladigan ishlatish quduqlari hamda istiqbolli maydonlardan qazib olinishi rejalashtirilayotgan tabiiy gazlarni “Sharqiy Berdaq” kompleksidagi texnologik tarmoqlarda qayta ishlab “Oʻztransgaz” AJ magistral quvurilariga uzatiladigan gaz quvurining oʻtkazuvchanlik quvvatini yanada oshirishga ham erishiladi.
Loyihaga asosan gaz quvuri qurilishi uchun zarur boʻlgan poʻlat quvurlar va armaturalarni hamkor tashkilotlar tomonidan yetkazib berilishi taʼminlanib, qurilish-montaj ishlari “Neftgazmontaj” MCHJ tomonidan olib borildi.
Maʼlumot uchun: “Sharqiy Berdaq” koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2002-yilda ishga tushirilgan.