Oʻzgartirishlarga muvofiq, uy-joy olish yoki yakka tartibdagi uy-joylar uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi boʻyicha 2020-yildagi subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari doirasida subsidiyalarni toʻlash muddati 2021-yil 1-dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2021-yil 1-iyulgacha edi.
Ushbu tartib doirasida uy-joylarni sotib olish uchun boshlangʻich badal kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdor etib belgilandi. Ilgari shaharlarda kamida 20, qishloqlarda kamida 10 foiz edi.
Mazkur tartibga koʻra, daromadi yuqori boʻlmagan oila sifatida qishloqlarda daromadi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,0 baravaridan 6,9 baravarigacha, shaharlarda esa 3,0 baravaridan 8,0 baravarigacha etib belgilandi. Ilgari tegishlicha 3,8 dan 5,8 baravarigacha hamda 4,0 dan 6,5 baravarigacha edi.