Ushbu mashinalar shahar-tumanlardagi elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazildi.

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan “Gazel”ga oziq-ovqat toʻplamlari va maishiy texnika ortilib, viloyatdagi har bir sektordan tanlab olingan va “Temir daftar”ga kirgan 350 ta oilaga tarqatildi.

Maʼlumot oʻrnida, Namangan viloyatida 2021-yilda 850 kilometr elektr tarmogʻi qurilishi va 270 ta transformator punki oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Energetika xodimlari kunida Uychi tuman elektr tarmoqlari korxonasi maʼmuriy binosi yonida 400 million soʻm mablagʻ hisobiga bunyod etilgan mijozlar boʻlimi yangi binosining ochilish marosimi boʻldi.

Korxona bugungi kunda 40902 ta maishiy va 1619 ta ulgurji isteʼmolchiga xizmat koʻrsatmoqda. Mazkur boʻlimning alohida binoda joylashishi va ASKUE tizimining joriy etilishi mijozlar uchun koʻplab qulayliklar yaratdi. Boʻlim eng soʻnggi rusumdagi 9 ta kompyuter, yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlandi. Bir vaqtning oʻzida 6 nafar operator faoliyat yuritadi. Muhimi, maʼlumot olishda tezkorlik, aniqlik va mijozlar uchun sharoitlar mavjud. Boʻlim binosi yonida barcha turdagi elektr jihozlari bilan savdo qiluvchi doʻkon ham ish boshladi.

Shuningdek, Namangan tuman elektr tarmoqlari korxonasining qayta rekonstruksiya qilingan koʻrkam maʼmuriy binosi ochilishida ramziy lenta qirqildi. Inshoot uchun jami 350 million mablagʻ sarflandi. Korxona tomonidan hozirda 33363 ta maishiy va 1448 ta ulgurji isteʼmolchiga xizmat koʻrsatilmoqda. Mijozlar boʻlimi eng soʻnggi rusumdagi 7 ta kompyuter, yuqori tezlikdagi internet vositalari bilan jihozlandi. Bir vaqtda 6 nafar operator xizmatda hozir turibdi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi Sadriddin Moʻminov va “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi rahbari Jahongir Rizayev qatnashdi. Sana munosabati bilan soha faollaridan bir guruhi eʼtirof etildi, ularga faxriy yorliq va tashakkurnomalar berildi.
Orifjon JOʻRAYEV,
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining
Namangandagi muxbiri.