Bahor fasli yaqinlashgani sari koʻpchilikni kunduzi ham mudroq bosa boshlaydi. Bu holat ayniqsa ishxonada odamni xijolatga qoʻyadi. Mudroqligimiz hamkasblarimizga ham sezilib qolganini payqaganimizda iymanib “yaxshi uxlamagandim” deyishga majbur boʻlamiz.
Xoʻsh, yaxshi uxlash, uyquga qonish uchun aslida nimalarga eʼtibor berishimiz kerak?
Avvalo uxlaydigan xonamiz yorugʻ boʻlishi kerak emas. Qorongʻi tushganda uxlab, yorugʻ boʻlganda uygʻonishimizni melatonin va kortizol gormonlari taʼminlaydi. Melatonin qalqonsimon bezda faqat qorongʻilik sharoitida ishlab chiqariladi (miyaning biologik soat uchun masʼul boʻlgan qismi). U qon bosimini pasaytiradi, tinchlantiradi.
Kunduzgi uyquni taqiqlash kechasidagi normal uyquga xizmat qiladi. Shuning uchun kunduzi har qancha uyqu kelsa ham, uni yengish kerak.
Shiftga qaragancha koʻzni ochib yotaverish yaramaydi. 20 daqiqa yoki undan uzoqroq uxlay olmasangiz, oʻrningizdan turib, chuqur nafas olish, meditatsiya qilish, kitob oʻqish kerak.
Uyquning ham oʻziga xos gigiyenasi boʻladi. Derazalarni, eshiklarni yopib uxlash lozim. Chunki yotoqxonangizga tashqi tovushlar kirmasligi juda muhim. Shuningdek, iliq haroratda uxlash foydali. Uyqu uchun ideal harorat 15-19°S dir. Uyqudan oldin kofeinli ichimliklar ichmaslik tavsiya qilinadi. Eng muhimi, kun davomida jismoniy harakatda boʻlish muntazam mashqlar qilib turish sogʻlom uyqu imkoniyatini oshiradi.