баннер
8 Apr 2025
11:03

    “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etiladi

    “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-57-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.

    Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish boʻyicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.

    Bunda bazaviy tumanlar ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy faoliyati uchun markaz boʻlib hisoblanadi.

    Aholi tomorqalarida va dehqon xoʻjaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish boʻyicha ixtisoslashuvni ragʻbatlantirish maqsadida quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:

    — uzum koʻchatini shpalerga oʻtkazishga har bir shpaler uchun 15 ming soʻmgacha subsidiya beriladi;
    — tomorqadagi bogʻlarni yangilash uchun “in-vitro” koʻchat sotib olish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
    — 2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech