UzAuto Motors Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi

    29-mart 10:00 da Labo avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobillar narxi oʻzgarishsiz qoladi.

    UzAuto Motors kompaniyasi bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda, 2024-yilning 2-yarmi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirdi, deya xabar beradi UzAuto.

    Shu yilning 29-mart 10:00 da Labo avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi. Avtomobillar narxi oʻzgarishsiz qoladi.

    Oʻzavtosanoat shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkinligini eslatib oʻtdi. UzAutoSavdo ilovasi va Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumot taqdim etadi.

    Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻraydi. Onlayn kontraktatsiya tizimi barcha xohlovchilar uchun mavjud.

    Avtomobilni onlayn xarid qilish boʻyicha mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

    • OneID tizimida roʻyxatdan oʻtish;
    • savdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirish;
    • OneID tizimidagi login/parol yordamida saytga kirishda roʻyxatdan oʻtish;

    Avtomobil modeli, ranggi va komplektatsiyasi hamda maʼqul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak boʻladi.