Mazkur tanlov jarayonida, 6 ta professional tashkilotlar, jumladan, konsorsium shaklidagi takliflar turli xorijiy (Yevropa, Shimoliy Yevropa, Yevroosiyo va Osiyo mintaqalari) va mahalliy tashkilotlardan qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, ACC Aviation (Buyuk Britaniya) konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

Ma’lumot uchun:

ACC Aviation kompaniyasi (Buyuk Britaniya) - lizing, havo transporti, aviasiya aktivlarini boshqarish va strategik konsalting xizmatlari sohasida yetakchi yechimlarni taqdim etadi.

Kompaniya global mijozlar bazasiga xizmat qiladi. Kompaniyaning xalqaro ofislari tarmog‘i Yevropa, yaqin Sharq, Afrika, Shimoliy Amerika va Osiyo mintaqasida joylashgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jalb etilgan professional konsalting kompaniyasi bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.