“Uzbekistan Airways” chiptalariga chegirma eʼlon qildi

    Transport 25 Noyabr 2022 2986

    “Uzbekistan Airways” barcha ekonom va biznes klass chiptalariga 8 foizlik chegirma eʼlon qildi.

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Oʻzbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan 25-noyabrdan 8-dekabrgacha boʻlgan sotuv davrida barcha muntazam aviaqatnovlardagi ekonom va biznes klass chiptalariga 8 foizlik chegirma eʼlon qildi.

    Aviachiptalarni kompaniyaning www.uzairways.com sayti, mobil ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiali, Oʻzbekistondagi agentliklar va aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari orqali xarid qilish mumkin.