Yangi tartibga koʻra:

  • Agar yoʻlovchi parvozning birinchi yoki undan oldingi qismidan foydalanmagan boʻlsa, aviakompaniya keyingi barcha yoʻnalish qismlari uchun bronni bekor qilmaydi. Yoʻlovchi chiptada koʻrsatilgan qolgan yoʻnalish boʻyicha parvozni davom ettirishi mumkin.
  • Bunday hollarda, chiptani toʻlash uchun qoʻllanilgan tarif turidan qatʼi nazar, yoʻlovchi foydalanmagan qismlarning qiymati qaytarilmaydi. Faqatgina foydalanilmagan parvoz qismlari uchun aeroport yigʻimlari qaytarilishi mumkin.
  • Foydalanilmagan parvoz qismlariga ega chiptalar qayta rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi. Xalqaro reyslar uchun standart qoidalar amal qiladi:
  • Yoʻlovchi yoʻnalishning birinchi yoki undan oldingi qismiga kelmagan taqdirda, keyingi barcha yoʻnalishlar uchun bron yoʻlovchini ogohlantirmasdan avtomatik ravishda bekor qilinadi.
  • Yoʻlovchi chiptani toʻlashda qoʻllanilgan tarif qoidalariga muvofiq, ixtiyoriy qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish shartlari asosida chiptani qayta rasmiylashtirishi yoki qaytarishi mumkin.