2023-yil 15-iyun kuni Uzbekistan Airways bosh ofisida kichik guruh yoʻlovchilarini tashish uchun ichki yoʻnalishlarda reyslar sonini koʻpaytirish, shuningdek, respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Chexiyaning LET Aircraft Industries konsernining LET L-410  turbovintli havo kemalarini sotib olish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Ushbu havo kemalarini qisqa uchish-qoʻnish yoʻlaklarida qoʻllash va respublika ichidagi Zarafshon va Shahrisabz, Andijon shaharlari kabi yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish rejalashtirilgan.