Bu haqda “Dunyo” AA. xabar bermoqda.

Shu vaqtga qadar “Toshkent–Tokio–Toshkent” yoʻnalishida toʻgʻridan toʻgʻri reyslar faqat aprel–oktyabr oylarida amalga oshirilar edi.

Mazkur aviaqatnovlar soʻnggi 15 yil ichida ilk marotaba qish mavsumida tashkillashtirilyapti.

Taʼkidlanishicha, mazkur parvozlar Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, mamlakatimiz orqali Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga tranzit qatnovlarini kengaytirish, shuningdek, Yaponiyada vaqtincha faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimizga qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.