2023-yilning 8-iyunidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Qurbon hayit bayrami kunlari, yaʼni, shu yilning 28-iyunidan 2-iyuligacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslarning aviachiptalariga 50 foiz chegirma taqdim etiladi.

Hozircha Qurbon hayitini nishonlashning ehtimoliy sanasi 28-iyun ekani taxmin qilinmoqda. 

Uning aniq sanasi Musulmonlar idorasi tomonidan eʼlon qilinadi